Tashkilotchi: Modul 5
Oʻtkazilish sanasi: 3-fevral, 15:00
Platforma: Zoom
Modul 5 loyihasining dekabr sonida qatnashgan Azizbek Usmanovning ijtimoiy loyihalari uchun bir qancha tashkilotlardan bir necha million dollargacha investitsiya jalb qila olganlari, ko'p yoshlarda katta qiziqish uyg'otgan ekan. Shu sababli Modul 5 tomonidan Azizbek Usmanov bilan "Ijtimoiy loyihalar tashkil qilish va ularning dolzarbligi" mavzusida onlayn uchrashuv tashkil etilmoqda. Qiziquvchilar 3-fevral, soat 15:00da Zoom orqali boʻladigan ushbu suhbatda qatnashishlari mumkin.
Suhbatda qatnashish uchun ishtirokchilar keltirilgan havola orqali ro'yxatdan o'tishlari talab etiladi.