"IHT Tashqi ishlar vazirlari yoshlar kengashi" nomli virtual sammit

Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 47-sessiyasining rasmiy simulyatsiyasi
  • 1346
  • 2
  • Ingliz tili
  • Bepul

Tashkilotchi: Islom Hamkorlik Yoshlar Forumi (ICYF), Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT).

Oʻtkazilish vaqti: 23-27-noyabr, 2020-yil.

Hujjat topshirish oxirgi muddati: 15-noyabr, 2020-yil.

Platforma: Zoom.

ICYF sizni jahon darajasidagi dolzarb masalalar va diplomatiya, xalqaro munosabatlar va davom etayotgan pandemiya bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilish uchun “IHT — Virtual sammit Tashqi ishlar vazirlari yoshlar kengashi”ga qoʻshilishga taklif qiladi. Mutaxassislar ham oʻzlarining fikrlarini baham koʻrish uchun munozaralarga qoʻshilishadi. Ushbu dastur hayotingizda unutilmas tajriba boʻlib xizmat qiladi, shuningdek sizni hayotimizning barcha jabhalarida kelajagimizni belgilaydigan munozaralarga jalb qiladi.

Tadbir yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan boʻlib, IHTni oʻzining aʼzo davlatlaridagi yoshlar orasida yetakchi xalqaro institut sifatida targʻib qilishdir. Bundan tashqari, yosh yetakchilar xalqaro diplomatiya, tashqi ishlar va Covid-19 bilan bogʻliq dolzarb muammolarni muhokama qilishlari va IHTni 2 kunlik simulyatsiyasi paytida diplomatiya amaliyotida qatnashishlari kerak boʻladi.

Qoʻmita va kirish panel sessiyalari mutaxassislar tomonidan rejalashtirilgan jadval asosida muhokama qilinadi va jamoatchilik uchun ochiq boʻladi. Birinchi kirish sessiyasi 2020 yil 23-noyabrda boʻlib oʻtadi.

Qoʻmita: Tashqi ishlar vazirlari kengashining 47-sessiyasi.

Tadbir dasturi

23-noyabr — 1-panel muhokamasi.
24-noyabr — 2-panel muhokamasi.
25-noyabr — 3-panel muhokamasi.
26-noyabr — CFMning simulyatsiya sessiyalari.
27-noyabr — CFMning simulyatsiya sessiyalari.

Kategoriya

Forum

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling