“Hujjatli filmlarda hikoya qilish turlari” mavzusida seminar

Seminar yosh kinoijodkorlarga mo‘ljallangan
  • 27
  • 0
  • Rus tili, nemis tili, ingliz tili
  • Bepul
“Hujjatli filmlarda hikoya qilish turlari” mavzusida seminar

Tashkilotchi: Gyote-Institut

Oʻtkazilish sanasi: 15-16-dekabr

Roʻyxatdan oʻtish oxirgi sanasi: 30-noyabr

Manzil: Gyote-Instituti, Amir Temur, 42

Toshkentdagi Gyote-Institutida yosh kinoijodkorlarga mo‘ljallangan ikki kunlik “Hujjatli filmlarda hikoya qilish turlari” mavzusida seminarning o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ayni damda rejissyor Diana Neke Toshkentdagi Gyote instituti va FFA (Film targ‘iboti agentligi) ko‘magida “Stixiya” nomi ostida yangi ssenariy yaratish maqsadida O‘zbekistonda ijodiy safarda bo‘lib turibdi.
Diana Neke tadqiqot safari yakunida Toshkentdagi Gyote institutida yosh kinoijodkorlarga mo‘ljallangan ikki kunlik “Hujjatli filmlarda hikoya qilish turlari” seminarini o‘tkazadi. U o‘z ish amaliyotidan ayrim kino parchalari va misollar yordamida hujjatli filmlardagi hikoyaning ko‘p qirrali shakllarini yoritishga, shuningdek, ularga qarshi chiqishga harakat qiladi.

Ishtirok etishni istagan shaxslardan qisqacha tarjimai holi va o’z ishlariga havolalarni quyidagi manzilga taqdim etilishi so’raladi: Gulnoz.Nabieva@goethe.de.

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling