HACK4REGION Sirdaryo yoshlari uchun xakaton

Xakaton startap ekotizimini qo‘llab-quvvatlash hamda uni yangi g‘oyalar, odamlar va jamoalar bilan to‘ldirish maqsadida tashkil etilmoqda
  • 71
  • 0
  • Oʻzbek tili
  • Bepul
HACK4REGION Sirdaryo yoshlari uchun xakaton

Tashkilotchi: IT Park Uzbekistan

O'tkazilish vaqti: 22-23- iyun 

Ro'yxatdan o'tish oxirgi sanasi:  21-iyun 23:00

Joriy yilning 22–23-iyun kunlari Sirdaryo viloyatida startapga qiziquvchilar uchun “Hack4Region” xakatoni bo‘lib o‘tadi.

Xakaton startap ekotizimini qo‘llab-quvvatlash hamda uni yangi g‘oyalar, odamlar va jamoalar bilan to‘ldirish maqsadida tashkil etilmoqda. Xakaton tashkilotchilari Gulistondagi IT Park filiali, viloyat hokimligi va quyidagi mahalliy OTMlar hisoblanadi.

1) Guliston davlat universiteti;

2) Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali.

Ishtirokchilarning vazifalari:

Xakaton ishtirokchilariga jamiyatimizdagi muayyan muammolarni hal qilishga qaratilgan mahsulotni ishlab chiqish, shuningdek, uni hakamlar hay’ati va jamoatga taqdim etish uchun 2 kun vaqt beriladi.

Maxsus taklif qilingan ekspertlar va mentorlar ishtirokchilarga 2 kun davomida loyiha prototipini amalga oshirishning eng samarali va tezkor usulini ko‘rsatib, amaliy yordam ko‘rsatishadi.

Xakaton yakunida, uchta eng yaxshi startap qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Muhim:

Bir jamoada maksimum 3 ta kishi bo‘lishi lozim.

O‘tkazilish joyi: Gulistondagi IT Park filiali: https://clck.ru/VPn82

Kategoriya

Tanlov

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling