Gyoteda texnologiya festivali

Bolajonlar uchun robototexnika, elektronika va til olami bilan unutilmas tanishuv
  • 526
  • 0
  • Oʻzbek tili, rus tili
  • Bepul
Gyoteda texnologiya festivali

Tashkilotchi: Toshkentdagi Gyote-Instituti

Oʻtkazilish sanasi: 19, 20, 21-avgust kunlari

Manzil: Gyote-Instituti, Amir Temur 42, Toshkent

Gyote Instituti 8-13 yoshgacha bo'lgan bolajonlar uchun ajoyib tanishtiruv dasturini taklif etadi.

19-avgustga mo'ljallangan kichik rejalar:

12:00 - Muzqaymoqni o´zing tayyorla va iste'mol qil!
13:00 - NAO roboti bilan interaktiv usuldagi mahorat darsi
14:00 - Ko´rgazmali tajribalar: kimyo va fizika
15:00 - Nemis onlayn bolalar universiteti
17:00 - VR-treningi: VR-o'yinini qanday yaratish mumkin?

Shuningdek ishtirokchilarni viktorinalar, topshiriqlar va ko'plab mazali shirinliklar ham kutmoqda!
Istalgan vaqtda istalgan tadbirda qatnashish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, ishtirokchilarni 20-21-avgust kunlari Techno campga taklif qilamiz.

20-avgust
10.00-14.00 Texnik camp yozgi lageri, 1-kun

21-avgust
10.00-14.00 Texnik camp yozgi lageri, 2-kun
 

Farzandlaringizni ro'yxatdan o'tkazing va qolgan kunlarda ularga yaxshi kayfiyat bag'ishlang!

Ro'yxatdan o'tish va ma´lumot uchun telefon: + 998781401485

Kategoriya

Trening
Telegram kanalimizga aʼzo boʻling