GoNight Toshkentda

Mobilografiya bo'yicha taqdimot, Go Viral Central Asia loyihasiga kirish va "World Cafe" formatidagi networking sessiyalarini birlashtiruvchi uchrashuv
  • 32
  • 0
  • Rus tili
  • Bepul
GoNight Toshkentda

Tashkilotchi: Go Viral

Oʻtkazilish sanasi: 27-noyabr, 15:00-17:00

Manzil: Qo`llab Co-working, Biznes markaz, Olmazor tumani, Sebzor massivi, 4B

Yangi texnologiyalar davrida tezlik juda muhim rol o'ynaydi. Bu esa voqealarga juda tez munosabat bildirishni talab qiladi. Mobilografiya - smartfoningiz yordamida yuqori sifatli va qiziqarli videolarni yaratish imkoni, sizga ushbu vazifani bajarishda yordam beradi.

Shu o'rinda GoNight Toshkentda loyihasi sizga mobilografiya bo'yicha seminar-ko'rgazma taqdim etishini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz. Uchrashuv davomida mobilografiyaning shaxsiy brend yaratishdagi ahamiyati haqida foydali bilimlarni olishingiz mumkin. 

Shuningdek, uchrashuvda:

  • Go Viral Central Asia loyihasi bilan tanishish
  • "World Cafe" formatidagi netvorking sessiyada barcha savollaringizga javob olish

kabi imkoniyatlarga ham ega bo'lasiz.

Quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishga shoshiling, o'rinlar soni cheklangan. Kirish esa bepul.

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling