"GoetheGap" loyihasi

Loyiha doirasida psixokouch Guzal Karamatova emotsional intellektni qanday va nima uchun rivojlantirish kerakligini va uning hayotingizdagi ahamiyatini aytib beradi
  • 319
  • 0
  • Oʻzbek tili, rus tili
  • Bepul

Tashkilotchi: O'zbekistondagi Gyote-Instituti

Oʻtkazilish sanasi: 6-iyul, 15:00-17:00

Manzil: Gyote Instituti

Chorshanba kuni "GoetheGap" loyihasi doirasida psixokouch Guzal Karamatova sizga Emotsional intellektni qanday va nima uchun rivojlantirish kerakligini va uning hayotingizdagi ahamiyatini aytib beradi. Amaliy seminar ong darajasi va muloqot qilish qobilyatining rivojlanishi uchun muhim bo´lgan ma´lumotlarni bilib olish imkonini beradi. Siz o’rgangan texnikalaringizni amalda tadbiq qilib odamlar bilan muloqotda ularning gaplarini va emotsional holatini kuzatish jarayonida natijalarni ko’rasiz.  Emotsional intellektingizni oshirib, hayotning ko'plab sohalarida muvaffaqiyat qozonishingiz mumkin.

Seminar quyidagi mavzularni qamrab oladi:

  • "EI" nima?
  • G'azab va tajovuzni qanday boshqarish kerak?
  • Emotsional gravitatsiya.

Seminarda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi. 

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling