GDG 2022 Ko'rgazmasi

Ishtirokchilar dasturchilar tomonidan yaratilgan o'yinlarni o'ynash, sovrinli viktorinalarda qatnashish va eng yaxshi o'yinlarga ovoz berish imkoniyatiga ega bo'ladilar
  • 256
  • 0
  • Oʻzbek tili, rus tili
  • Bepul
GDG 2022 Ko'rgazmasi

Tashkilotchi: Toshkentdagi Gyote Instituti

Oʻtkazilish sanasi: 20-avgust, 19:30

Manzil: Gyote Instituti, Toshkent shahri

20-avgust kuni soat 19:30da Gyote Instituti tomonidan tashkil etilgan GDG-2022 loyihasining yakuniy tadbiri bo'lib o'tadi. 

Ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo'ladilar:

  • Dasturchilar tomonidan yaratilgan o'yinlarni o'ynash;
  • Sovrinli viktorinalarda qatnashish;
  • Ko'rgazmaning eng yaxshi o'yinlariga ovoz berish.

Loyiha g'olibi jamoatchilik ovozi asosida aniqlanadi. Bosh sovrin - uchta XBOX Series S va Payme’dan umumiy qiymati 50 million so'mlik grant. 

Tadbir dasturi:

  • 17:00 - Hakamlar va hamkorlar uchun o'yinlarning yopiq namoyishi;
  • 19:00 – Kofe breyk;
  • 19:30 - Omma uchun o'yinlar namoyishi;
  • 21:00 – Taqdirlash marosimi.

Ushbu tadbirda ishtirok etish bepul hisoblanadi. 

 

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling