Tashkilotchi: Digital city
Oʻtkazilish sanasi: 4-dekabr, 11:00
Manzil: Andijon, Boburshox ko'chasi, 2-uy
Digital city'dan yangi loyiha - "Freelance day". Bu kun frilanserlik sohasida ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan hamyurtlarimiz bilan suhbat tashkil etiladi. Suhbatda frilanserlikka, dasturchilikka, IT sohasiga oid sizni qiziqtirgan savollarga javob topishingiz mumkin.
Suhbat mehmoni - Akmal Kilichbekov, SAP full-stack dasturchisi va IT sohasida 6 yillik tajribaga ega. 2016-yilda Artel kompaniyasida xizmat ko'rsatish markazlarini biznes jarayonini avtomatlashtirish, ilovalarni ishlab chiqish, sinovdan o'tkazish, MVC asosida loyihalarni ishlab chiqish, o'zgartirish va SOAP yordamida veb-xizmatlarni ishlab chiqish kabi loyihalarni amalga oshirgan. Shuningdek, 2018-yildan beri Germaniyaning SAP kompaniyasida BPO ishchi sifiatida, LeverX International kompaniyasi nomidan faoliyat yuritib kelmoqda.