Tashkilotchi: PDP Academy
Oʻtkazilish sanasi: 18-noyabr 18:00
Manzil: Shayxontohur tumani, Beruniy ko'chasi, 3A.
Mo'ljal: Chorsu, Florensiya to'yxonasi ro'parasida.
Spiker: O‘zbekiston mnemosport federatsiyasi prezidenti, «Genius» o‘quv markazi hamda «Supermiya» miyani rivojlantirish bo‘yicha trening asoschisi — Davron Turdiyev
Talabalar uchun foydali ma'lumotlar va metodlar bilan bo'lishish maqsadida Davron Turdiyev bilan "Fikrlashni kengaytiramiz" mavzusida guest lecture bo'lib o'tadi.
O'quvchilar biror narsani o'rganishlaridan avval, o'zlariga "Nimani o'rganishim kerak?", — deb emas, "Qanday o'rgansam samarali bo'ladi?", — deb savol berishlari kerak.
Sababi yillar davomida matematika yoki biologiyani muntazam o'qib borishdan ko'ra, oldin miyani unga tayyorlab olish va ma'lumotlarni xotirada chuqur qolishi uchun harakat qilish — siz uchun ancha foydali bo'ladi.
Ma'lumot uchun: 78-777-47-47