Tashkilotchi: Toshkent shahar hokimligi
O'tkazilish sanasi: 22-apreldan 22-mayga qadar
Ro'yxatdan o'tish oxirgi sanasi: 22-may 2021-yil
1. Feel Tashkent-2021 fototanlovi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bag’ishlangan.
2. Fototanlovning mavzusi – shahar peyzaji.
3. Tanlovda ishtirok uchun yuboriladigan fotosuratlar quyidagi yo’nalishga muvofiq bo’lishi kerak: Toshkentdagi so’nggi besh yil ichida ro’y bergan o’zgarishlar.
4. Tanlovda ishtirok uchun Toshkent shahrida 2016 yil 1 sentyabrdan 2021 yil 22 maygacha olingan fotosuratlar qabul qilinadi.
5. Tanlovda Toshkent shahar hokimligi, tuman hokimliklarining xodimlari va ularning oila a’zolaridan tashqari barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.
6. Tanlovda ishtirok uchun yuborilayotgan fotosuratlar avval boshqa tanlovlarda ishtirok etmagan bo‘lishi kerak.
7. Tanlov quyidagi tarkibdagi hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi:
- Dilfuza Rasulova;
- Luiza Ayupova;
- Izzatbek Djurayev;
- Bahodir Saidov;
- Boris Jukovskiy;
- Yevgeniy Sklyarevskiy;
- Madina Nurmanova.
8. Tanlov ishtirokchilari faqat o‘zlari olgan fotosuratlarni yuborishlari mumkin bo‘lib, ular taqdim qilayotgan ma’lumotlari uchun O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq javobgarlikni o‘z zimmalariga oladilar.
9. Tanlovda ishtirok uchun jo‘natilayotgan fotosuratlar mobil telefon yordamida ham fotokamera yordamida ham olingan bo‘lishi mumkin.
10. Fotosuratlarga baho berishda jyuri quyidagi mezonlarga asoslanadi:
- suratning texnik sifati (agar bu ijodiy g’oyaning qismi bo’lmasa, xiraliklar, artefaktlar va hokazolar yo’qligi);
- qiziqarli syujet;
- fotosurat uyg‘otgan hissiy taassurot.
11. Bitta ishtirokchidan ko‘pi bilan uchta fotosurat qabul qilinadi
12. Tanlov uchun fotosuratlar Google Forms servisi yordamida quyidagi havolalar orqali qabul qilinad. Havola: https://forms.gle/ouCCFWdR2g8VRhXX6
13. Fotosuratlar mualliflari uchta nominatsiyada taqdirlanadi: “Hakamlar tanlovi”, “Tomoshabinlar tanlovi”, “Shahar hokimining tanlovi”.
14. Tanlov uchun fotosuratlar 2021 yil 22 mayga qadar qabul qilinadi.
15. G‘oliblar tanlovning Telegram, Facebook va Instagram tarmoqlaridagi sahifalarida e’lon qilinadi. Natijalarni e’lon qilish va taqdirlash marosimining sanasi keyinroq ma’lum qilinadi.
16. Agar, g‘oliblar ro‘yxati e’lon qilinganidan so‘ng g‘oliblardan biri tashkilotchilar bilan yetti kalendar kuni davomida aloqaga chiqmasa, uning sovrini finalga chiqqanlar ro‘yxatidagi boshqa ishtirokchiga beriladi.
17. Tanlovda ishtirok etish uchun fotosuratlarni jo‘natayotgan ishtirokchilar, jo‘natilgan fotosuratlar muallifi ekanliklarini va fotosuratlarga mutlaq huquqqa egaliklarini, hamda fotosuratning tanlovda ishtiroki tufayli huquqiga dahl qilishi mumkin bo‘lgan shaxslardan barcha ruxsat va roziliklarni olganliklarini tasdiqlaydilar.
18. Tashkilotchilar ishtirokchilardan tanlov doirasida qabul qilingan fotosuratlardan foydalanish huquqini o‘zlarida qoldiradilar.
19. Tanlovda quyidagi turdagi fotosuratlar ishtirok etishi mumkinmas:
• reklama xususiyatiga ega va/yoki xizmat yoki tovarlar reklamasi sifatida foydalanilayotgan fotosuratlar;
• erotik mazmunga ega fotosuratlar;
• zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi, haqoratli mazmunga ega, hamda ochiqdan-ochiq provokatsion mazmunga ega fotosuratlar;
• past sifatdagi va/yoki syujetga taaluqli bo‘lmagan yozuv va suv belgilariga (muhrlar, sanalar, shtamplar va hokazo) ega fotosuratlar;
• mazmuniga ko‘ra O‘zR qonunchiligiga zid bo‘lgan fotosuratlar;
• Fototanlov mavzusiga muvofiq kelmagan fotosuratlar;
• kollajlar.
20. Tanlov sovrinlari: Canon EOS 6D Mark II Kit fotoapparatlari, Asus (AMD R7) noutbuklari, iPhone SE 2020 smartfonlari.