Farg'onalik yoshlar uchun Ideathon

Ishtirokchilar bir kun ichida g‘oya o‘ylab topishlari va uni minimal hayotiy mahsulotga aylantirishlari talab etiladi
  • 391
  • 0
  • Oʻzbek tili
  • Bepul
Farg'onalik yoshlar uchun Ideathon

Tashkilotchi: IT Park

Oʻtkazilish sanasi: 16-mart, 10:00

Roʻyxatdan oʻtish oxirgi sanasi: 16-mart, 00:00

Manzil: Farg'ona shahar, Raqamli texnologiyalar markazi

Joriy yilning 16-mart kuni IT Park mintaqaviy filiali tomonidan tashkil etilgan Farg‘ona yoshlari uchun Ideathon o‘tkaziladi. Ideathon - bu tanlov boʻlib, unda ishtirokchilar bir kun ichida g‘oyani o‘ylab topishlari va uni minimal hayotiy mahsulotga aylantirishlari talab etiladi. 

Ideathonda 16 yoshdan oshgan har bir xohlovchi quyidagi sohalarda ishtirok etishi mumkin:

  • Taʼlim;
  • Ijtimoiy soha;
  • Biznes

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar berilgan havola orqali 16-martgacha ro'yxatdan oʻtishlari talab etiladi. 

Kategoriya

Trening
Telegram kanalimizga aʼzo boʻling