Fargʻona vodiysi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Modeli

Konferensiyaning asosiy maqsadi — yosh avlodni diplomatik munozaralarga jalb qilish orqali global muammolarga yechim topish
  • 1036
  • 0
  • Ingliz tili
  • Bepul
Fargʻona vodiysi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Modeli

Oʻtkazilish sanasi: 12-13-iyun, 2021-yil.

Roʻyxatdan oʻtish oxirgi sanasi: 21-may, 23:59.

Manzil: Andijon shahar Yoshlar markazi.

Delegatlar (ishtirokchilar) soni: 150 nafar

Qoʻmitalar:

  1. Qoʻmita: Bosh assambleya.
    Mavzu: Mintaqaviy, milliy va xalqaro darajadagi qonun ustuvorligi.
  2. Qoʻmita: Birlashgan Millatlar Jahon Turizm Tashkiloti (UNWTO)
    Mavzu: COVID-19 dan keyingi davrda dunyo turizm sanoatini tiklash va ushbu sanoatini odam va giyohvand moddalar savdosi vositalaridan targʻib qilish boʻyicha xalqaro hamkorlik.
  3. Qoʻmita: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (YuNESKO)
    Mavzu: Qishloq joylarida taʼlim va maktabni takomillashtirish uchun arzon texnologiyalarni integratsiyasi.
  4. Qoʻmita: Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy adolat boʻyicha komissiya (CCPCJ)
    Mavzu: Taʼlimni korrupsiya va pul yuvish vositasiga aylanishdan saqlash choralari.
  5. Qoʻmita: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ayollar Qoʻmitasi (UN WOMEN)
    Mavzu: Ayollar bandligini oshirishda fan va texnologiyalarning oʻrni.
  6. Qoʻmita: Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot uchun fan va texnologiyalar boʻyicha komissiyasi (UNCSTD)
    Mavzu: Tezkor texnologik oʻzgarishlarning barqaror rivojlanishga taʼsiri va xavfsizlik va shaffoflikni taʼminlash choralari.

Haqiqiy Birlashgan Millatlar Tashkiloti Modeli (BMTM) konferensiyasida oʻzingizni sinab koʻrishga tayyormisiz? Unda shoshiling va BMTM jamoasi aʼzosiga aylanish imkoniyatini yoʻqotmang!

Fargʻona vodiysi Birlashgan Millatlar Tashkilotining (FVMUN) konferensiyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvandlik va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi (UNODC) va Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar Agentligi tashabbusi bilan “Yoshlar Fargʻona vodiysida ijtimoiy totuvlik uchun” loyihasi doirasida oʻtkazilmoqda.

Kategoriya

Forum

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling