Farg'ona viloyatida "Biznes marafon"

Tadbirkorlikka qiziqishi kuchli, maqsadi aniq, o’z biznesini muvaffaqiyatli yo’lga qo’ygan yohud endi boshlash arafasida turgan yoshlar uchun ajoyib imkoniyat
  • 444
  • 0
  • Oʻzbek tili
  • Bepul
Farg'ona viloyatida

Tashkilotchi: Yoshlar ishlari agentligi, MFaktor, "Yoshlar-kelajagimiz" jamg'armasi, Farg'ona viloyat hokimligi

Oʻtkazilish sanasi: 16-noyabr 14:00 va 18-noyabr 10:00

Tadbirkorlikka qiziqishi kuchli, maqsadi aniq, o’z biznesini muvaffaqiyatli yo’lga qo’ygan yohud endi boshlash arafasida turgan yoshlar uchun ajoyib imkoniyat. Shu yilning aprel oyida start olgan, yoshlar ichida katta qiziqishga sabab bo’layotgan “Biznes Marafon” Farg'ona viloyatida bo'lib o'tadi.

Yoshlar ishlari agentligi, MFaktor, "Yoshlar-kelajagimiz" jamg'armasi, Farg'ona viloyat hokimligi va boshqa bir qator tashkilotlar bilan birgalikda o'tkazilib kelinayotgan "Biznes Marafon" spikerlari o'z bilim va tajribalaridan kelib chiqqan holda yoshlar bilan muloqotga kirishib, o'z tajribalari bilan o'rtoqlashadilar.

Marafon 16-noyabr kuni, soat 14:00 da Farg'ona shahridagi I.Karimov nomidagi teatr-konsert saroyi hamda 18-noyabr soat 10:00 Qo'qon shahri musiqali drama teatri binosida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Marafon bo'yicha qo'shimcha savollaringiz bo'lsa, mazkur telefon raqami orqali ma'lumot olishingiz mumkin: +998972047750

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling