"Doktorantlar tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, ilmiy xodimlar ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tajribalar" mavzusida vebinar

Vebinar mehmoni: Innovatsion rivojlanish vazirligi Inson kapitalini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi Turgʻunov Abdurashid Abdumannobovich
  • 446
  • 0
  • Oʻzbek tili
  • Bepul

Tashkilotchi: Jizzax viloyati Innovatsion rivojlanish boshqarmasi

Oʻtkazilish sanasi: 12-oktabr, 15:00

Platforma: Zoom

Jizzax viloyati Innovatsion rivojlanish boshqarmasi tashabbusi bilan 2021-yil 12-oktyabr kuni soat 15:00 da Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimida tahsil olayotgan izlanuvchilar faoliyat samaradorligi yuzasidan "Doktorantlar tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, ilmiy xodimlar, jumladan, iqtidorli yoshlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tajribalar, ilmiy-tadqiqot natijalari boʻyicha maqolalarni xorijiy ilmiy nashrlar, shuningdek, Scopus, Web of Science va boshqa nufuzli xorijiy jurnallarda chop etish” kabi mavzularga oid vebinar tashkil etiladi. 

Vebinar mehmoni Innovatsion rivojlanish vazirligi Inson kapitalini rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Turgʻunov Abdurashid Abdumannobovich bo'ladilar. 

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling