"DIPLOMAT MUN 4" Xalqaro konferensiyasi

"Bir million BMT modeli diplomatlari" loyihasi asosida tashkil etilayotgan xalqaro konferensiya
  • 1276
  • 1
  • Oʻzbek tili, ingliz tili
  • 40000

DIPLOMAT MUN 4“ Xalqaro konferensiyasi | Kelajak diplomatlari maskani

Oʻtkazilish sanasi: 9-avgust, 2020 (Yakshanba) | ZOOM platformasi

Roʻyxatdan oʻtish soʻngi muddati: 25-iyul, 2020

Ishtirokchilar soni: 120 nafar

Qoʻmitalar: 3 qoʻmita

“Bir million BMT modeli diplomatlari” loyihasi doirasida 9-avgust (Yakshanba) sanasida xalqaro “Diplomat MUN 4“ konferensiyasining 4-sessiyasi boʻlib oʻtadi! 

“Diplomat MUN 4“ xalqaro konferensiyasining afzalliklari:

1. Hozirgi iqtisodiy va siyosiy jarayonlarga muayyan qoʻmitada davlat rahbari sifatida ishtirok etish;

2. Yangi doʻstlar va xalqaro delegatlar bilan fikr almashish imkoniyati;

3. Xalqaro elektron (pdf) formatidagi sertifikatlar (Ishtirokchilar bazasi QR-code bilan tasdiqlangan)

4. Har bir ishtirokchiga xalqaro tavsiyanomalar ham elektron ravishda beriladi!

5.“iLeader” Umumjahon Yoshlar Jamiyatiga toʻgʻridan toʻgʻri bepul qabul qilinish va Oʻzbekistondagi lider yoshlar bilan bir platformada rivojlanish! Hozirga qadar 200 nafar aʼzolari mavjud!

“Diplomat MUN 4“ xalqaro konferensiya qoʻmitalari:

1. BMT Bosh Assambleyasi (40 nafar) — Oʻzbek tili

2. BMT Xavfsizlik Kengashi (40 nafar) — Oʻzbek tili

3. Jahon Sogʻliqni Saqlash qoʻmitasi (40 delegat) — Ingliz tili

“Diplomat MUN” xalqaro konferensiyasining 3 loyihasida jami 900 nafar ishtirokchilar qatnashib, davlat rahbarlari sifatida ishtirok etib, global muammolarga universal, innovatsion va yoshlarbop yondashilgan yechimlarni taklif etishdi. Konferensiya davomida ishtirokchilar huquqiy savodxonligi,diplomatik muloqot madaniyati va tahliliy qobiliyatlarini rivojlantirishga erishdi.

Kategoriya

Forum

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling