Tashkilotchi: PDP Academy
Oʻtkazilish sanasi: 21-may, 14:00
Manzil: Shayxontohur tumani, Beruniy ko'chasi, 3A - uy
IT — aqliy mehnat mahsuli bo’lgani uchun ham, unda har kim muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Ammo negadir jamiyatimizda dasturlash sohasi ayol-qizlar uchun emas kabi noto’g’ri qarash shakllanib qolgan.
Shu sababli PDP Academy tomonidan "Dasturlash ayol-qizlar uchun emasmi?" mavzusida tadbir tashkil etilmoqda.
Ushbu yopiq tadbir dasturlash sohasida muvaffaqiyatga erishib borayotgan ayol speaker’lar, PDP Academy talaba qizlari va bitiruvchilari, va umuman olganda dasturchi-ayol qizlar orasida o'zaro aloqalarni yo'lga qo'yish maqsadida tashkillashtirilmoqda.
Tadbirda ishtirok etishni istaganlar quyidagi havola orqali, ro'yxatdan o'tishlari talab etiladi.