"Computer Vision AI Challenge" xakatoni

Xakaton davomida ishtirokchilar kompyuter ko‘rish texnologiyalari asosida istalgan raqamli mahsulotni yaratishlari kerak
  • 402
  • 0
  • Ingliz tili
  • Bepul

Tashkilotchi: IT Park Uzbekistan

Oʻtkazilish sanasi: 24-26-sentabr

Roʻyxatdan oʻtish oxirgi sanasi: 20-iyun

Manzil: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

"Computer Vision AI Challenge" xakatoni bo‘lib o‘tadi va unda ishtirokchilar kompyuter ko‘rish texnologiyalari asosida istalgan raqamli mahsulotni yaratishlari kerak.

Xakaton tashkilotchilari: O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

Hakatonda ishtirokchilar IT-mutaxassislar yordamida o‘z loyihalarini amalga oshirish, MVP ishlab chiqish barobarida o‘zaro fikr almashish hamda startaplar yo‘nalishida o‘z salohiyatini yuzaga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Xakaton quyidagi tartibda o'tiladi:

  • Oldindan saralash uchun ishtirokchilarga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida test topshirig‘i beriladi.
  • Xakaton yakunida ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan texnika ko‘rinishidagi qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ladilar.

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

IT
Telegram kanalimizga aʼzo boʻling