Tashkilotchi: O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi
Oʻtkazilish sanasi:
Samarqand shahrida: 19-may, 10:00–12:00, 14–18:00. Samarkand Davlat Tibbiyot Universiteti
Toshkent shahrida: 21–22 may, 10:00–12:00, 14–18:00. Wyndham Tashkent
O'zbekiston Yoshlari Umumjahon Assotsiatsiyasi va Q Study kompaniyasi hamkorligida Toshkent va Samarqand shaharlarida Chet elda o'qish Expo 2022!
Malayziya oliygohlari bilan tanishuv ko'rgazmasi tashkil etiladi. Unda yoshlar Malayziya oliy ta'lim muassasalari bilan yaqindan tanishish va o'qishga topshirish bo'yicha maslahat va konsultativ yordam olish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Tadbirda Malayziyaning yetakchi Oliy Ta’lim muassasalari vakillari qatnashadi.