"Chet elda IT sohasida karyera" mavzusida master klass

Spiker - Shavkat Karimov, tadbirkor va yollanma rahbar. Bir necha kompaniyalar asoschisi: Pulse Survey (Rossiya), Reputation Management Kings (AQSh), Favorite Words (AQSh)
  • 209
  • 0
  • Oʻzbek tili, ingliz tili
  • Bepul

Tashkilotchi: Ibrat Projects

Oʻtkazilish sanasi: 13-noyabr, 14:00

Manzil: Yoshlar Ijod saroyi, Mustaqillik maydoni metrosi

Ibrat Projects tomonidan "Chet elda IT sohasida karyera" mavzusida master klass tashkil etilmoqda. Spiker - Shavkat Karimov, tadbirkor va yollanma rahbar. Bir necha kompaniyalar asoschisi: Pulse Survey (Rossiya), Reputation Management Kings (AQSh), Favorite Words (AQSh). Oxirgi 3 yil davomida "Microsoft" kompaniyasida SEO bo'limi boshlig'i va Principal Program Manager lavozimida ishlagan. Shu bilan birga Microsoft Community platformasini ham boshqargan.

Shavkat Karimov hozirda nafaqaga chiqqan va O'zbekistonga qaytib, ta'lim berish, sarmoya kiritish va mahalliy mutaxassislar hamda kompaniyalarga murabbiylik qilishni rejalashtirgan.

Tadbirda u IT va raqamli biznes sohalarida qanday qilib muvaffaqiyatga erishish borasida tajribadan o'tgan sirlarini bo'lishadi.

Ushbu master klassda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi. 

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling