«Central Asia Think Big Boot Camp»

Dastur Markaziy Osiyodan startaplar guruhini tanlash va shakllantirishga qaratilgan notijorat loyiha hisoblanadi
  • 597
  • 0
  • Ingliz tili
  • Bepul
«Central Asia Think Big Boot Camp»

Tashkilotchi: StrategEast va USAID

Oʻtkazilish sanasi: 10-23-may

Roʻyxatdan oʻtish oxirgi sanasi: 20-aprel, 00:00

Manzil: IMPACT.T Technological Hub

“Central Asia Think Big Boot Camp” dasturida ishtirok etish uchun startaplar tanlovi e’lon qilindi.  Dastur Markaziy Osiyodan startaplar guruhini tanlash va shakllantirish bo‘yicha notijorat loyiha hisoblanadi. Bootcamp StrategEast iqtisodiyot markazi va USAIDning tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish loyihasi ko‘magida tashkil etilmoqda. 

Bootcamp instruktorlari Kaliforniyadagi USMAC akseleratorining mutaxassislari hisoblanadi. Ularning yordami bilan ishtirokchilar Silikon vodiysi ekotizimini o'rganishlari, startap va venchur hamjamiyatlar bilan hamkorlik qilishlari mumkin bo'ladi.

Dastur 10 kunlik intensiv kurslarni o'z ichiga oladi, hamda dastur davomida ishtirokchilar:

  • Xalqaro fikrlash qobiliyati va ko'nikmalarini oshirish;
  • O'z fikrlashlarini tavakkaldan qo'rqishdan ko'ra unga sabr qilishga moslashtirish;
  • Global o'sish uchun dunyoqarashni rivojlantirish;
  • Startapni xalqaro darajaga olib chiqish uchun asosiy ko'nikmalarga ega bo'lish;
  • Xalqaro savdo jarayoni va venchur kapitalistlardan mablag' to'plash asoslarini tushunish;
  • Silikon vodiysida soha mutaxassislari va investorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi imkoniyatlarga ega bo'ladilar. 

Trening ingliz tilida 10-23-may kunlari IMPACT.T Technological Hub'da olib boriladi.

Ishtirok etish uchun Markaziy Osiyodagi 16 ta eng yaxshi startap tanlab olinadi. Ro'yxatdan o'tish uchun eng oxirgi muddat - 20-aprel. Tanlov natijalari 2 may kuni e'lon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun keltirilgan havola orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi. 

Kategoriya

Tanlov

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling