Tashkilotchi: C5+1 Yoshlar Kengashi
Oʻtkazilish sanasi: 29-iyul, 18:00
Platforma: Facebook
C5+1 Yoshlar Kengashi bitiruvchilari bilan virtual suhbat tashkil etilmoqda.
Spikerlar:
Elianur Gulamidinova Qirgʻiziston-Turk Manas universitetining ingliz tili va adabiyoti bo'limida bakalavrlik darajasini olgan. C5+1 Yoshlar Kengashi aʼzoligi davomida u Norin shahridagi “Youth Green Camp” loyihasining tashkilotchilaridan biri bo'lgan. Bundan tashqari, Elianur turli loyihalarda yetakchilik, til o'rganish, psixologiya va onlayn ta'lim bo'yicha seminarlar o'tkazish orqali volontyorlik qilgan.
Tahmina Ustoeva AUCAda siyosat fakulteti talabasi hisoblanadi. U 2019 - 2021 yillarda C5+1 YC aʼzosi boʻlgan va aʼzoligi davomida viktorina kechalari, onlayn vebinarlar va bitiruvchilar suhbatlariga moderatorlik qilgan, debatlarda va yetakchilik akademiyalarida qatnashgan. Bundan tashqari, u writing' o'qituvchisi sifatida ishlaydi va ekologiyani yaxshilash, qizlarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni amalga oshiradi. Tahmina Nyu-Yorkdagi tashqi siyosat assotsiatsiyada amaliyot o'tagan va hozirda AQShning Tojikistondagi elchixonasida faoliyat yuritmoqda.
Ushbu suhbatni quyidagi havola orqali Facebook platformasida kuzatishingiz mumkin.