Tashkilotchi: O‘zbekiston volontyorlari Assotsiatsiyasi
O'tkazilish sanasi: 15-iyul
Platforma: Zoom
Barcha Mentorlar va Volontyorlar diqqatiga!
Katta tashabbuslarni, yangi rejalarni kutayotgan, jamoa bilan ishlash potensialini yuqori baholovchi Mentorlar va ezgu ishlarni yahshi ko'rgan Volontyor bo'lsangiz, bu yangilik aynan Siz uchun!
Ertaga, yangicha formatdagi onlayn uchrashuv – maxsus mahorat darsiga marhamat!
Maqsad:
O‘zbekiston bo‘ylab sayr qilayotgan “COVID”ga qarshi chiqib, birgalikda ish olib borish va profilaktika mavzusiga e’tibor qaratish
Kutilayotgan Natija
Olgan bilimlarni avvalom bor o'z yaqinlarimizga, hududlarimizdagi volontyorlarga, va umuman aholiga etkazib berishimiz.
Yagona shartimiz–ro‘yxatdan o‘tish va uchrashuvda ishtirok etish
Uchrashuvga o'zingizga qulay joyda yoki o'z hududingiz markazidagi Yoshlar markaziga tashrif buyurib ishtirok etishingiz mumkin
Ro'yxatdan o'tish uchun to'liq ism-familiyangizni, va hududingizni o'zimizning Nurbekka, ( @Mr_NuRBeK_uz ) yozing va maxsus guruhga qo'shiling!