Tashkilotchi: Digitalcity.uz
Oʻtkazilish sanasi: 17-may, 17:00
Manzil: "Digital City" texnoparki, Boburshox, 2-uy
Digitalcity.uz tomonidan "Big Tech - IT Kompaniyalar Kelajak Texnologiyalarini Bugunda Qanday Rivojlantirmoqdalar" mavzusida ishtirokchilar bilan meet up tashkil etilmoqda. Spiker - Makhmud Sodikov, Rossiyaning top institutlaridan biri MFTI bitiruvchisi, Sberbank, Huawei, MailRu, Nexus (London) va boshqa Big Tech kompaniyalar startaplarida tajribaga ega bo'lgan, Big Data hamda Project Manager bo'lib juda ko'p bilimga ega yetakchi IT mutaxassisi. Meet up davomida spiker o'z karyeralarini qanday boshlaganlarini, Big Tech kompaniyalarda ish prinsiplari qanday bo'lishini, guruh bilan qanday ishlash kerakligini, va shu bilan birgalikda, o'zlari ortirgan qimmatbaho tajriba va bilimlarini so'zlab beradilar.
Meet up'da qatnashish bepul.
Ushbu meet up'da ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi.