Tashkilotchi: American Councils for International Education
Oʻtkazilish sanasi: 5-noyabr, 14:00-20:00
Platforma: Onlayn
AQSHda ta'lim olish bo'yicha virtual yarmarka tashkil etilmoqda. Tadbirda siz AQSHning 50 ta akkreditatsiyadan o'tgan oliy ta'lim muassasalari vakillari bilan onlayn tarzda uchrashish imkoniga ega bo'lasiz. Yarmarka davomida siz jonli vebinarlarda qatnashishingiz, sizni qiziqtirgan universitet vakillari bilan suhbatlashishingiz va savollar berishingiz mumkin bo'ladi.
Virtual yarmarkada ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi.