AQSH elchixonasi tomonidan "Video Poetry" nomli she'riyat tanlovi

Tanlovda o'z iste'dodini namoyish etishni istaganlar ingliz yoki o'zbek tilida she'r o'qib qatnashishlari mumkin. G'oliblarga planshet va she'riy kitoblar to'plami taqdim etiladi
  • 1071
  • 0
  • Oʻzbek tili, ingliz tili
  • Bepul
AQSH elchixonasi tomonidan

Tashkilotchi: AQSH elchixonasi

O'tkazilish sanasi: 1.04.2021-18.04.2021

Ro'yxatdan o'tish oxirgi sanasi: 18.04.2021, 00:00

Platforma: Instagram

Tanlov haqida: “Video Poetry” nomli sheʼriyat tanlovi AQSH-Oʻzbekiston hamkorligining 30 yilligi, BMT Ingliz tili kuni va Milliy sheʼriyat oyligini nishonlash maqsadida tashkil etildi.  Oʻz isteʼdodini namoyish etishni istaganlar oʻzbek yoki ingliz tilida sheʼr oʻqib, uni Instagramga qoʻyish orqali ushbu tanlovda ishtirok etishlari mumkin. Tanlov 2021-yil 1-apreldan 18-aprelgacha onlayn boʻlib oʻtadi. Oʻzbek yoki ingliz tilidagi sheʼrni eng ifodali oʻqiganlar gʻoliblar safidan joy olib, ularga planshet va sheʼriy kitoblar sovgʻa qilinadi hamda ular tanlovga taqdim etgan videolar AQSH elchixonasi va “American Spaces” ijtimoiy tarmoq sahifalarida eʼlon qilinadi.

Tanlov shartlari:

  • Ishtirokchilar oʻzbek yo ingliz tilida sheʼr oʻqib, kichik video (uzunligi bir daqiqadan oshmagan) qilishlari, U.S. Embassy Tashkent va American Spaces in Uzbekistan sahifalariga aʼzo boʻlib, kuzatib borishlari, #USUZ30 #Americanspacesinuzbekistan va #Usembassytashkent heshteglarini ishlatib, Instagram tarmogʻiga qoʻyishlari lozim. Iltimos, tanlovga video taqdim etayotganda uchta heshtegni ham qoʻyishni unutmang.
  • Oʻqilayotgan sheʼr biror zamonaviy va yo klassik amerikalik shoir qalamiga mansub boʻlib, u inglizcha (asliyat) va yo oʻzbekcha tarjima sheʼr boʻlmogʻi lozim.
  • Har bir ishtirokchi koʻpi bilan ikkita sheʼr yuborishi mumkin.
  • Tanlovga video taqdim etishning oxirgi muddati: 18-aprel 2021-yil.
  • Tanlovda ishtirok etish yoshi chegaralanmagan, unda hamma qatnashishi mumkin.
  • Tanlov Oʻzbekiston vatandoshlari uchun.

Gʻoliblar quyidagi mezonlarga qarab tanlab olinadi:

  • Sheʼrning ifodali, obrazli oʻqilgani;
  • Ijodkorlik bilan yondashilganligi;
  • Video chiroyli olingani (goʻzal fon, tiniqlik va h.);
  • Texnik jihatdan sifati;
  • Hakamlar yuqoridagilarni inobatga olgan holda ikki nafar mutloq gʻolibni tanlab oladi: bitta oʻzbek va bitta ingliz tilida.

Tanlov saralash bosqichlari:

  • 1-18-aprel – Tanlov kunlari. Ishtirokchilar shu vaqt oraligʻida Instagram tarmogʻiga videolar qoʻyadilar;
  • 18-22-aprel – Hakamlar gʻoliblarni aniqlaydilar;
  • 23-aprel – Gʻoliblarni eʼlon qilinadi hamda videolarni AQSH elchixonasi va “American Spaces” ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga qoʻyiladi.

Kategoriya

Tanlov

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling