“Amazing People Prize — bizni ilhomlantiradigan fuqarolik jamiyati volontyor liderlari” tanlovi
Oʻtkazilish vaqti: 2020-yil, 11-sentabr
Oxirgi muddat: 2020-yil, 20-avgust 17:00
“ARGO” fuqarolik jamiyatini rivojlantirish uyushmasi “Innovatsiya uchun sheriklik – P4I” loyihasi doirasida “Rivojlanish tarixi: ichki ko'rinish” XI xalqaro konferensiyasiga tayyorgarlik ishlarini davom ettirmoqda.
Bu yilgi konferensiya mavzusi: "Yetakchilik va volontyorlik — taraqqiyotga ta'sir”. Anʼanaga ko'ra, ular muhim tanlovni eʼlon qilishadi — “Amazing People Prize”.
Tanlov maqsadi:
Fuqarolik va volontyorlar faoliyatining eng yaxshi namunalarini ommalashtirish va keng tarqatish. Jamiyatda ijobiy va tizimli o'zgarishlarni keltirib chiqaradigan, inklyuziv va innovatsion yondashuvlardan foydalangan holda, oʻz vaqtida javob beradigan va hayotiy muammolarni samarali hal qiladigan tashabbuslar/loyihalar/volontyorlar.
Sizning tashabbusingiz eng yaxshi deb tan olinishi mumkin, agar:
– ijtimoiy muammolarni hal qilishga turtki bersa va ilhomlantirsa;
– koʻngilli tashabbuslaringizning aniq natijalarini va jamiyatdagi real ijobiy o'zgarishlarni namoyish etsа.
2018-2020 yillarda fuqarolik liderlari (NNT faollari, mahalliy jamoalar, tashabbus guruhlari va shunchaki faol fuqarolar) va Markaziy Osiyo mamlakatlarining volontyorlari tomonidan amalga oshirilgan eng yaxshi fuqarolik volontyorlik tashabbuslari.
Mahalliy hamjamiyat hayotida inson huquqlari, nogironlar, ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, fuqarolik ishtiroki, yoshlar, atrof-muhit, ta'lim va boshqalar sohasidagi real o'zgarishlarni namoyish etuvchi tashabbuslar/loyihalar qo'llab-quvvatlanadi.
Gʻoliblar cso-central.asia veb saytida ochiq onlayn ovoz berish orqali aniqlanadi. Taqdirlash marosimi 2020-yil 11-sentabrda onlayn rejimida “Лидерство и волонтерство — влияние на развитие” XI Xalqaro konferensiyasi paytida bo'lib o'tadi.
Barcha savollar bo'yicha tanlov tashkilotchilariga conference@argonet.org. manziliga yozing.
Bu muhim!
Belgilangan talablarga javob bermaydigan (tashabbusning mohiyatini ochib bermaydigan, o'zi aks etmaydigan past sifatli fotosuratlar mavjud) arizalar ko'rib chiqilmaydi.