$30 000 sovrin jamgʻarmasiga ega sport dasturlash boʻyicha “IT Park Cup” chempionati

"IT Park Cup" tanlovi IT Park va Dubai Future Foundation bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda
  • 1179
  • 0
  • Oʻzbek tili, rus tili
  • Bepul
$30 000 sovrin jamgʻarmasiga ega sport dasturlash boʻyicha “IT Park Cup” chempionati

Tashkilotchi: IT Park va Dubai Future Foundation

O'tkazilish sanasi: 28-29-noyabr hamda 5-6-dekabr 2020

IT Park $30 000 sovrin jamgʻarmasiga ega sport dasturlash boʻyicha onlayn chempionatni ishga tushirmoqda!
28-noyabrda $30 000 sovrin jamgʻarmasiga ega, IT Park va Dubai Future Foundation bilan hamkorlikda tashkil qilingan sport dasturlash boʻyicha Oʻzbekistondagi ilk onlayn chempionat start oladi.

Sport dasturlash – bu intellektual sportning turli koʻrinishlari boʻlib, unda dasturchilar ommabop dasturlash tillaridan foydalangan holda murakkab algoritmli vazifalarni tezlikka ishlashi kerak boʻladi – asosan C/C++, Kotlin, Java va Python.

Onlayn chempionat 2 bosqichga boʻlinadi:

1-bosqich: Saralash turi.
Saralash turi 28-29-noyabr kunlari boʻlib otadi. Ushbu tur doirasida barcha arizachilar chempionatning finaliga yoʻl olish va $30 000 sovrin jamgʻarmasi uchun kurashish maqsadida vazifalarni bajarishadi.

2-bosqich: Final.
5-6-dekabr kunlari eng yaxshi ishtirokchilar gʻoliblik maqomi uchun kurashuvchi final bosqichi boʻlib oʻtadi.

Jami 6 nafar ishtirokchi gʻolibga aylanadi va ular oʻrtasida $30 000 sovrin jamgʻarmasi taqsimlanadi.

Yosh kategoriyalari:

A kategoriya –  30 yoshgacha (murakkablashtirilgan vazifalar)
B kategoriya –  maktab oʻquvchilari (osonlashtirilgan vazifalar)

Muhimi, sizda IT boʻyicha bilim bor yoki yoʻqligi ahamiyatga ega emas, istalgan xohlovchi ishtirok etishi mumkin.

Talablar:

  • Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlish.
  • One Million Coders kurslaridan birini bitirganlik haqida sertifikatga ega boʻlish.

Muhim:
IT Park Cup saralash bosqichida ishtirok etgan talabalar avtomatik ravishda Oʻzbekistondagi ICPC chorak finalida ishtirok etishlari mumkin.

Kategoriya

Tanlov

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling