Tashkilotchi: Yosh maslahatchilar Kengashi
Oʻtkazilish sanasi: 1-aprel, 20:00
Platforma: Telegram
112$ ming dollarlik Prezident grantini qo'lga kiritib, Amerika Qo'shma Shtatlaridagi New Haven universitetiga qabul qilingan 8-sinf qizaloq bilan audio suhbat tashkil etilmoqda.
Suhbat mehmoni: Adiba Tojimirzayeva;
Moderator: Parizoda Yo'ldosheva.
Adiba Tojimirzayeva yutuqlari:
-22 ta xalqaro olimpiadada ishtirok etib, ularning barchasida sovrindor bo'lgan;
- IELTS dan 8 ball olgan;
- Garvard tibbiyot maktabining "Biokimyo" kursi o'quvchisi;
- Koreys va rus tillarida so'zlasha oladi;
- UArizona akademiyasiga qabul qilingan.
Suhbat mavzulari:
• Olimpiadalardagi qiyinchiliklar;
• IELTS dan qanday qilib 8 ballni qo'lga kiritish mumkin;
• Prezident maktabidagi jarayonlar.
Suhbat Yosh maslahatchilar Kengashining rasmiy Telegram kanalida bo'lib o'tadi.