EventGO saytida siz Oʻzbekiston va xorijdagi tadbirlar, tanlovlar, grantlar, xalqaro darajadagi seminarlar, taniqli tadbirkor va mutaxassislarning mahorat darslari hamda xorijda oʻqish bilan bogʻliq seminarlar va ularning oʻtkazilish vaqti, joyi va mazmuni haqidagi maʼlumotlarga ega boʻlishingiz mumkin.
Biz, EventGO jamoasi, ushbu platformani imkon boricha qulay qilib ishlab chiqishga harakat qildik va bu jarayon davom etmoqda. Kelajakda ushbu loyiha doirasida yana koʻplab foydali yangiliklarni taqdim etish niyatidamiz.